Sinfdagi qush

Bir o‘qishni va ayniqsa yozish bilan shug‘ullanishni yoqtirmaydigan bir o‘quvchi sinfga qush olib kelib qo‘yib yuboradi. Qushning chirqillab o‘zini to‘rt tomonga urishidan o‘qituvchining darsini hech kim eshitolmaydi. Qushchani tutishni muallim eplay olmagach, ajoyib tadbir topadi.

— Bolalar, qush chug‘urlab, o‘zini har yoqqa urib, mening darsimni tinglashingiz uchun sizlarga xalaqit berayapti.  Demak, og‘zaki darsni to‘xtatib, bugun yozma ish yozamiz. Men hozir o‘qituvchilar xonasiga borib, navbatdagi yozma nazorat ishining mavzusini olib kelaman. Agar men qaytgunimcha qushcha sinfdan chiqib ketmasa, yozma ishni boshlaymiz.

          Bu qarordan ko‘pchilik, ayniqsa qushni olib kelgan o‘quvchi norozi bo‘ldi. O‘qituvchi yozma nazorat ishi mavzusini olib sinfga  qaytib kirganida sinfda qushcha yo‘q edi. Muallim dastur bo‘yicha darsni davom ettirdi.

          Afsuski, barcha o‘qituvchilar ham bunday topqir bo‘lishmaydi. Ko‘pincha bunday hollarda dars to‘xtatiladi. Demak, murabbiylar ham bolalarning manipulyasiya, yani noqulay vaziyat tug‘dirib boshqarishlari  mumkin ekanligini nazardan qochirmay, dars o‘tishga shay bo‘lishlari lozim.

 

Turonbeka Sharofutdinova

Yana o‘qing:  Qalbni uyg‘otuvchi satrlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: