Muhabbat aslida…

Ular bir-birlarini ko‘rmay, bilmay, taqdir taqozosi-yu ota-ona rizoligi bilan turmush qurishdi. Juda yaxshi yashashdi. Hayotlari tinch va osuda o‘tdi.

Ba’zan tortishib qolishsa-da, zum o‘tmay esdan chiqarishdi. Birovdan ko‘p, birovdan kam bo‘lishmadi. Boriga shukur qilishdi. Bolalarning dunyoga kelishi rishtalarni mustahkam etdi.

Ittifoqo erning yanada yaxshiroq yashagisi kelib qoldi. Oilasini yanada baxtiyor ko‘rgisi keldi. Ishga otlandi. Uzoqroq joyga. Ayoli, bolalari termulib qoldi…

Ayol oshxonaga kirsa ham, qo‘shninikiga o‘tsa ham qo‘lida telefon. “Dadasi qo‘ng‘iroq qilib qolishi mumkin”, – deydi har ikki gapning birida.

Turmush o‘rtog‘i qo‘ng‘iroq qilib qolgan paytlar yuzlari yashnab, qizarib ketadi. “U kishi qo‘ng‘iroq qildi, – deydi quvonchini kim bilandir baham ko‘rgisi kelib. – Sog‘-salomat ishlayotgan ekan. Noyabrda qaytaman, dedi”.

Keyin ohista qo‘shib qo‘yadi:

“Qachon noyabr kelarkin?”

Turmush o‘rtog‘i qo‘ng‘iroq qilavermasa, ayol faromush ahvolda bir nuqtaga termulib, xayolga cho‘mib qolganini o‘zi ham sezmay qoladi.

Ayolni kuzatib turarkanman, xayolimdan bir o‘y kechdi:

Muhabbat deganlari jufting, dilbanding yonida qanoat bilan yashash emasmi, aslida?

 

Lola O‘ROQOVA

Yana o‘qing:  Kulgu-shifo (2015/15)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: