Har narsada hikmat bor

Kema halokatidan faqat bir kishigina omon qoldi. Ummon to‘lqinlari uni kimsasiz orolga olib borib tashladi. U titrab-qaqshab Xudoga yolvordi. Undan o‘zini qutqarishini so‘radi.

Odam har kuni ufqlarga uzoq tikilib o‘tirar, biror qora ko‘rinarmikan, deb umid qilardi. Nihoyat, bu ishdan zerikdi. Tunash va yirtqichlardan himoyalanish uchun turli shox-shabbalardan bir boshpana qurdi. Oradan kunlar o‘tdi. Bir kuni kechgacha oziq-ovqat qidirib yurdi. Ancha-muncha yegulik topib, horib-tolib qaytib keldi. Ne ko‘z bilan ko‘rsinki… Uyi yonib, bir uyum kulga aylanibdi. Bu holdan uning yuragi g‘azab va alamga to‘ldi:

– Ey Xudo, menda nima qasding bor!? – deb o‘krab yubordi.

Ertasi kuni tongda uni sohilga yaqinlashayotgan kema tovushi uyg‘otib yubordi. Kema bu yerga uni qutqarish uchun kelayotgandi.

– Bu yerda ekanimni qayerdan bildinglar? – deb so‘radi u hayratlanib qutqaruvchilardan.

– Axir kecha o‘t yoqib ishora berdinggiz-ku! – deyishdi kemadagilar.

 

Orifjon Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Tuzsiz ziyofat

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: