Cho‘pon va tikuvchi

Qadimda bir bolaning ota-onasi juda erta vafot etibdi. Bola akasi va kelinoyisi bilan yashay boshlabdi. Kelinoyisi unga juda qo‘pol muomalada bo‘lar ekan.

Unga deyarli ovqat berilmas, bola qolgan ovqatlar bilan qornini to‘yg‘izar, ustidagi kiyimi esa doimo uniqqan bir ahvolda bo‘lardi. Kun bo‘yi sigir boqib, kechasi ham molxonada uxlab qolardi. Akasi bularni bilsada, unga befarq edi. Hatto ukasiga ism ham qo‘ymagandi. Odamlar uning doim sigir boqib yurganini ko‘rgani uchun unga Niyu Lang (Cho‘pon) deb ism qo‘yishibdi. Bola uchun dunyoda eng yaqin hamroh bu – sigiri edi. Niyu Lang eng sara, barra o‘tlarni “yolg‘iz do‘st”i uchun terib kelar, u esa kun sayin semirib, rangi tiniqlashib chiroy ochib borardi.

Bolakay jonivorni yozda soya-salqin joylarda o‘tlatsa, qishda oftobning iliq nuri ostida toblantirardi. Niyu Lang shirali ovozi bilan qo‘shiq kuylar, go‘yo borliq uni jon qulog‘i bilan tinglayotgandek asta tebranardi. Sal nariroqda o‘tlab yurgan sigir esa quloqlarini qimirlatib, unga nimalarnidir so‘ylayotgandek edi.

Yillar o‘tibdi. Niyu Lang ulg‘aya boshlabdi. Kelinoyisi va akasining unga munosabati yanada keskinlashibdi. Bir kun aka Niyu Langni oldiga chiqarib – mana, sen ham ancha katta bo‘lib qolding, endi bundan buyog‘iga mustaqil yashagin. Otamdan qolgan narsalarni bo‘lishib olaylik: sigir va ot arava senga, qolgan narsalar menga, – debdi.

– Biz senga eng yaxshi narsalarni berdik, shuni bilgin. Hali kech bo‘lgani yo‘q. Sen hoziroq yo‘lga tushishing mumkin, — debdi kelinoyisi.

Niyu Lang akasi va kelinoyisining gapiga rozi bo‘lib, yo‘lga tushibdi. U sigiri bilan qayerga borarini bilmay boshi oqqan tomonga yo‘l olibdi. Yo‘l yura-yura o‘rmonga kelib qolibdi. Chayla qurib, sigiri bilan shu yerda hayot kechira boshlabdi.

Bir kun Niyu Lang charchab, ko‘zi ilinsa, kimdir uni chaqirarmish. Ko‘zini ochib qaragan ekan sigiri unga gapiribdi.

– Niyu Lang ertaga quyosh chiqishi bilan yo‘lga otlan. Oldingdan bir tog‘ chiqadi. Undan oshib o‘tsang, o‘rmon, o‘rmonning to‘g‘risida esa ko‘l bor. Ko‘lda parilar cho‘milayotgan bo‘ladi. Sohilda ularning harir liboslari bor. Sen ularning pushti ranglisini olasan. O‘sha pushti rang ko‘ylak egasi sening sevgiling bo‘ladi.

Yana o‘qing:  Qasamyod

Niyu Lang hammasini sigiri aytgandek bajaribdi.

Biroz vaqt o‘tgach, – voy, mening kiyimim yo‘q, – deya baqiribdi parilarning biri.

Niyu Lang bu holdan dovdirab qolibdi va pariga “Ko‘ylagingiz menda”, – debdi.

– Parining ismi Ji Nyu bo‘lib, u jodugarning nevarasi. Buvisi unga doimo ipak yigirishni buyurar edi. U kun bo‘yi dam olmasdan ipak yigirar, kampir esa har kuni ichib mast bo‘lib qolardi. Ji Nyu shundan foydalanib, cho‘milgani kelardi. U suvni juda yaxshi ko‘rardi. Ji Nyu Niyu Langning bu yerda nima qilib yurgani bilan qiziqdi. Niyu Lang boshidan o‘tgan voqealarni gapiravergani sayin, Ji Nyuning ishqi Niyu Langga tushib boraveribdi.

Ular o‘rmonga, chaylaga qaytishib, birga er-xotin bo‘lib yashay boshlashibdi. Niyu Lang dalada mehnat qilar, Ji Nyu uyda ip yigirar, ba’zi vaqtlarda eriga yordam berardi. Oradan uch yil o‘tib, ular bitta o‘g‘il va qiz farzand ko‘rishibdi. Ji Nyu farzandlariga yulduzlar haqida ertaklar aytayotganda buvisi esiga tushib qo‘rquvga ham tushardi.

Bir kuni sigir Niyu Langni chaqirib qulog‘iga shivirlabdi.

– Men endi sizlarga yordam bera olmayman. O‘lganimdan keyin terimni shilib yashirib qo‘ygin, senga yordami tegadi, – debdi. Niyu Lang va Ji Nyu afsus va nadomatlar chekib sigirning aytganini bajarishibdi.

Parilar uyga qaytib kelishganda Ji Nyu kelmaganini sehrgar kampir bilib qolibdi. U pastga tushib Ji Nyuni axtara boshlabdi. Uzoq qidiribdi. Uni Niyu Langga turmushga chiqqanini bilib juda jahli chiqibdi. Yerga tushib, Ji Nyuni olib qochishga chog‘lanibdi. Ji Nyuning ikki farzandi uning etagiga yopishibdi-yu, kuchi yetmay yerga qulab ketishibdi. Ji Nyu shunda bolalariga – otangizni qidirib topinglar, tez, – deya baqiribdi.

Niyu Lang bor gapdan xabar topgach, juda uzoq yig‘labdi. Endi u qanday qilib osmonga ucha oladi? Shuni o‘ylab o‘tirganida, sigirning gapi yodiga tushibdi. Teriga o‘ranib, ikki tomoniga savatni ilib, bolalarini ham yoniga o‘tirg‘izibdi va samoga parvoz qilibdi. Ular uzoq vaqt Ji Nyuni qidirishibdi.

J odugar kampir Niyu Lang­­ni ko‘rib ulkan dengiz paydo qilibdi. Endi Niyu Lang ham keng, ham katta dengizdan qanday o‘tsin?

Yana o‘qing:  O‘zbek xalq maqollari

Hozir osmonga qarasangiz, uzun bir yo‘l bor. Bu o‘sha dengiz. Odamlar uni kumush dengiz, deb ataydilar. Uning ikki tomonida ikkita yorug‘ yulduz bor. Bu yulduzlar — Niyu Lang va Ji Nyu. Ikkita kichik yulduzcha esa ularning farzandlaridir.

Jodugar kampir har yili 7 iyulda ularni uchrashishiga rozi bo‘ladi. O‘sha kuni bu ikki yulduz orasida ko‘prik hosil bo‘ladi.

Bu afsona qadimdan mehnatkash aholi orasida baxtli hayot sari umid uyg‘otadi.

Astronomlarning fikricha, bu yulduzlar xuddi Quyosh singari yorug‘. Ji Nyu yulduzining yorug‘ligi quyoshdan besh barobar, Niyu Lang yulduziniki esa o‘n barobarga yorqinroqdir. Ular orasidagi masofa ham juda uzoq. Bu yulduzlar boshqa yulduzlarga nisbatan juda katta.

Xitoy tilidan Dilshod Badalboyev tarjimasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: