Zumradoylar – shirintoylar

Qiz bola – oila iqboli. Uning kelajakdagi baxti bevosita go‘zal odobi, namunali xulqi, xushmuomalasiga bog‘liq.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 1-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tashkil etilgan “Zumradoylar davrasi” to‘garagida har kuni jajji qizlar o‘rtasida muntazam ravishda tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida tashkil etilgan mazkur to‘garakning asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi qiz bolalarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodni oilaga, ona Vatanga mehr-muhabbat ruhida ulg‘aytirishdan iborat.

To‘garakda tajribali pedagoglar tomonidan kiyinish va dasturxon odobi, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, hozirjavoblik, kamtarinlik kabi ezgu fazilatlar sahna ko‘rinishlari, ibratli voqea va ertaklar, o‘yinlar orqali bolalar ongiga singdirilmoqda. Ayniqsa, kichkintoylarning musaffo havo, pokiza suv, serhosil tuproq hamda gaz va elektr energiyasi kabi tabiatning bebaho ne’matlarini e’zozlash, tejash, asrab-avaylash borasidagi bilimlari, ularning ona tabiatga bo‘lgan munosabatlarini shakllanishida muhim o‘rin tutadi.

Guruhlardagi to‘garaklar faoliyatini yanada rivojlantirish uchun muassasada imkoniyatlar bisyor. Tarbiyaviy ishlarni olib borishda uslubchi Muqaddam Zokirova, tarbiyachilar – Dilafro‘z Yusupova, Dilorom Rahimova, Muhayyo Abdusalomovalarning sa’y-harakatlari alohida e’tirofga loyiq.

Shuningdek, muassasada har yili jajji qizlar o‘rtasida mahalla, bog‘cha va ota-onalar hamkorligida “Balli, qizlar” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi ham ular kamolotida muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu bellashuvlarda Aziza Qodirova, Nuriniso Nig‘matullayeva, Lobar Mahamadjonova, Farangiz Isroilova kabi jajji bolajonlar faol ishtirok etishayotir.

Mamlakatmizda yosh avlod tarbiyasi yo‘lida ana shunday ezgu ishlar amalga oshirilayotgan ekan kelajak egalari bo‘lmish farzandlarimiz bilimli, zukko bo‘lib kamolga yetadi.

Maryam AHMEDOVA

Yana o‘qing:  Amir Temur va temuriylar davlatida xalq diplomatiyasining ahamiyati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: