Yurtimizda dunyoda birinchi bo‘lib alohida bir davlat uchun erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Bu haqda Respublika Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov ma’lum qildi.

“Savdo-sanoat palatasi Chilonzor tumani hokimining nemis erkin iqtisodiy zonasi tuzish bo‘yicha taqdimotini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi. Aytish mumkinki, Jahon savdo tashkilotiga a’zo 193 mamlakat orasida bu alohida davlat uchun tashkil etilgan birinchi erkin iqtisodiy zonadir. O‘ylaymanki, germaniyalik investorlar buni munosib baholashadi”, – degan A. Ikramov.

Nemis erkin iqtisodiy zonasini Toshkent shahridagi “Algoritm” majmuasi bazasi o‘rnida, 16 gektardan ortiq maydonda tashkil etish rejalashtirilgan.

Shu kunlarda O‘zbekistonga Germaniya ishbilarmon doiralari vakillarining ikki tomonlama hamkorlik tarixidagi eng ko‘p sonli delegatsiyasi tashrif buyurgan. Ular orasida Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank kompaniyalari, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillaridan iborat katta guruh bor.

Yana o‘qing:  “REAL AUKSION” MCHJ boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich oshib borish tartibida o‘tkaziladigan ochiq auksion savdosiga taklif etadi!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: