Matbuot – davr ko‘zgusi

Ayni vaqtda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar o‘z samarasini berayotir. Bugungi kunda OAV oldida turgan dolzarb vazifalar shundan iboratki, ular aholida yangi fikr va ongni shakllantirishda ta’sirchan vosita bo‘lishi lozim, odamlar xohish-irodasining erkin, xolisona ifodachisi, ular manfaatlarining izchil va faol himoyachisiga aylanishi kerak.

Kuni kecha “Poytaxt” biznes markazi anjumanlar zalida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, O‘zbekiston BMTTD, YuNESKO, Jahon banki vakolatxonalari bilan hamkorlikda “Jurnalistning kasbiy etikasi va mas’uliyatini oshirish masalalari” mavzusidagi davra suhbatida ham ana shu kabi masalalarga keng o‘rin berildi.

Tadbirda O‘zbekiston Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Abdulaziz Abdullayev so‘zga chiqib, OAV erkin faoliyati uchun mamalakat rivojida ularning rolini yanada mustahkamlash, fuqarolarni amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyatini o‘z vaqtida va har tomonlama yetkazishga xizmat qiluvchi iqtisodiy hamda huquqiy kafolatlar yaratilgani haqida gapirdi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan jamiyatda so‘z va axborot erkinligini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlash bo‘yicha o‘z kasbiy vazifalarini samarali bajarishga, OAVning aholini davlat organlari tomonidan fuqorolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga doir qarorlari haqida xabardor qilishdagi rolini kuchaytirishga ko‘maklashish kabi masalalarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda bosma va elektron OAV muharrirlari, xalqaro va jamoat tashkilotlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari axborot xizmatlari vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

J.HAYDAROVA

Яна ўқинг:  Ezgu ishni har kun qilmoq kerak

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: