YUKSALISH PILLAPOYALARIDA

Yurtboshimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan barcha sa’y-harakat va islohotlarning pirovard maqsadi sog‘lom avlodni voyaga yetkazishdir. Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq yoshlar tarbiyasi, ularning barkamol bo‘lib ulg‘ayishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarzi bilan oshno qilish maqsadida “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi” tashkil etildi. Ayniqsa, qishloq joylarda jajji avlodni sport turlariga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli tashkillashtirishga keng e’tibor berila boshlandi.

Mazkur sa’y-harakatlar o‘z samarasini berib, yosh sportchilarimizning xalqaro sport musobaqalarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlari yildan-yilga ortib bormoqda. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirib borishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Bu esa respublikamiz aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim bir bosqich vazifasini o‘tayotir. O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Umid nihollari”, litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Barkamol avlod” sport musobaqalari, oliy o‘quv yurti talabalari ishtirokidagi “Universiada” sport o‘yinlarini o‘z ichiga olgan uch bosqichdan iborat yaxlit tizimning amalga oshirilishi ana shu yo‘lda qilinayotgan ishlarning yorqin isbotidir. Bu kabi sport musobaqalari unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizni Vatanni himoya qilishga, uni ulug‘lashga va xalqaro maydonlarda yurtimiz nufuzini oshirishga xizmat qiladi, albatta.

Har bir inson Vatan bag‘ridagi kichik Vatan bo‘lgan oilada kamol topadi. Turmush obodligi, avvalo, oiladan boshlanadi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining har bir bandida kundalik hayotimiz uchun nihoyatda ahamiyatli masalalarga e’tibor qaratilgan. Bu kabi o‘zgarish va yangiliklar mamlakatimiz iqtisodiyotining yanada rivojlanishiga, aholining turmushi yanada farovon bo‘lishiga, sizu bizning to‘kin, baxtli hayot kechirishimizga, ro‘zg‘orimiz but, ona yurtimiz yanada gullab-yashnashiga, eng muhimi bolalarimiz sog‘lom va barkamol ulg‘ayishiga xizmat qiladi.

Ayniqsa, yoshlarning kelajakka ishonch bilan qarashi, barcha ezgu orzu-istaklari ro‘yobga chiqishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilishiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgani Vatan taqdiriga mas’ullik hissini yanada oshiradi, dilimizdagi vatanparvarlik burchini yanada chuqurroq his etishga undaydi. Milliy qadriyatlarimizning uzoq asrlarga borib taqaladigan chuqur ildizlaridan, asriy milliy an’analarimizdan, ajdodlar merosidan ibrat olib yashash esa, har birimiz uchun eng to‘g‘ri yo‘ldir.

Gulbahor ORTIQXO‘JAYEVA,

O‘zMTDP Olmazor tuman Kengashi “Ayollar qanoti” yetakchisi

Yana o‘qing:  Yangi hayvonot bog‘i ish boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: