“Yoshlar poyezdi” Surxondaryoda

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi.

Mazkur aksiya davomida targ‘ibot guruhi a’zolari viloyat markazi va tumanlarda, olis va chekka hududlarda bo‘lib, aholi, jumladan, yoshlar bilan uchrashdi. Joylardagi ochiq muloqot va Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlari Termiz shahri, Uzun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qiziriq va boshqa tumanlarida bo‘lib o‘tdi. Ta’lim muassasalarida “Kitob targ‘iboti” aksiyasi o‘tkazilib, kitoblar to‘plamlari topshirildi. Tumanlarda imkoniyati cheklangan yoshlar, yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar holidan xabar olindi. Ular ma’naviy qo‘llab-quvvatlandi hamda bu yoshlarga qiziqarli badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. Termiz shahridagi 12-”Mehribonlik” uyiga sovg‘a-salomlar berildi.

Yana o‘qing:  E’tiborsizlikmi, iqtidorsizlikmi yoxud shifokor husnixatini kim o‘ylab topgan?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: