YANGI QO‘ShMA KORXONA ISHGA TUSHDI

Farg‘ona shahrida Asakadagi “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasiga butlovchi qismlar yetkazib beradigan “UZSUNGWOO” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xorij investitsiyalarini jalb etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturining izchil joriy etilishi mamlakatimizda mavjud xom ashyo negizida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini bermoqda. Mazkur yirik loyiha ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomidir.

Qo‘shma korxonaning ochilishida davlatimiz rahbari tomonidan asos solingan O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining ramziga aylangani ta’kidlandi.

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, Koreyaning “Sungwoo hitch Co.LTD” hamda “I-Zone. Co.LTD” kompaniyalari hamkorligida tashkil etilgan mazkur korxonaga 47,8 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Zamonaviy texnologiyalar asosida bu yerda yangi rusumdagi avtomobillar uchun butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

– Korxonamizda “GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan “Chevrolet Cobalt” avtomobili uchun 180 turdan ortiq butlovchi qismlar ishlab chiqariladi, – deydi qo‘shma korxona bosh direktori o‘rinbosari Kozimjon Akbarov. – Bu yerda o‘rnatilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida yiliga 120 000 avtomobil komponentlarini ishlab chiqarish mumkin.

Mazkur qo‘shma korxonada 453 yangi ish o‘rni yaratildi. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 82,7 million AQSH dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqarilib, 25 million dollar miqdoridagi valyuta tejalishiga erishiladi.

M.SULAYMONOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  OILADA AYOLNING O‘RNI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: