YANGI ARENA – YANGI IMKONIYATLAR

Xabaringiz bor, yaqinda poytaxtimizda  “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu majmua shubhasiz,  ilg‘or muhandislik va binokorlik yechimlari, texnik jihozlanganlik darajasi betakrorligi bilan ko‘pchilikning qiziqishiga sazovor bo‘ldi.

Majmuaning 12 ming 500 o‘rindan iborat asosiy maydoni transformatsiya usulida qurilgan bo‘lib, qisqa vaqtda uni qayta jihozlash, o‘rindiqlar sonini oshirish yoki kamaytirish mumkin. Arenani loyihalashtirish va qurishda zamonaviy shaharsozlik qoidalari, ekologik xafsizlik va sport inshootlariga doir xalqaro talablarga rioya qilingan, energiya samarador texnologiyalar qo‘llanilgan. Bu xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling kabi qishki sport turlari bilan birga kurash, boks, mini-futbol, basketbol, voleybol, taekvondo bo‘yicha musoqabalar o‘tkazish, shuningdek, konsert, shou, ko‘rgazma, konferensiya va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etish imkonini beradi. 

Majmuaning konseptual loyihasi Janubiy Koreyaning “Heerim Architects & Planners” kompaniyasi, tom qismining loyihasi Avstriyaning “Oberhofer Stahlbau” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Umuman, inshootni qurish va jihozlashda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Fransiya, Finlyandiya, Rossiya kabi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanilgan.

Aytish joizki, bugungi kunga kelib MDH davlatlarining birortasida bunday arenaning muqobili yo‘q desa ham bo‘ladi. 
Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yilda arena qurilishini ko‘zdan kechirish davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mazkur kompleksda yopiq majmualarda o‘tkaziluvchi barcha sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish imkonini integratsiyalashtirishga oid topshiriq bergan. Shu bois ochiladigan arenada nafaqat qishki sport turlari, balki basketbol, gandbol, yakkakurash kabi ko‘plab boshqa sport turlari bilan ham shug‘ullanish mumkin. Shubhasiz, yangi arena – yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.
Humo Arena yopiq maydonda o‘tkaziluvchi har qanday sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazish uchun jahon talablariga to‘liq javob beradi.

«Bundan tashqari, mazkur kompleksda madaniy tadbirlarni o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan. Ta’kidlash joizki, inshoot jahon yulduzlari reyderlariga 80-95 foizga to‘g‘ri keladi.

“Humo Arena” yuqori toifali sportchilarni tayyorlash, yirik xalqaro musobaqalarni o‘tkazish, eng muhimi, yoshlarni sportning qishki turlariga ham keng jalb etishda muhim omil bo‘ladi. Shuningdek, ko‘p tarmoqli sport-ko‘ngilochar inshooti sifatida barcha aholi qatlamlarining jismoniy va madaniy kamolotiga xizmat qiladi. Kelgusida bunday majmua va markazlarni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham qurish ko‘zda tutilgan.

Yana o‘qing:  Bolalar salomatligi doimiy e’tiborda

Amal Soliyeva

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: