Til o‘rgatishda samarali yondashuv

2014 yilda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” respublika ko‘rik-tanlovida oliy o‘rinni egallagan Gulshana Mahmudova NamDUning xorijiy filologiya fakultetini tamomlab, Namangan shahridagi 6-ixtisoslashgan umumta’lim maktabida ingliz tili fanidan dars bera boshlaganiga ham o‘n yil to‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan “Ingliz tilini o‘qitishda yangi pedtexnologiya va AKTdan foydalanish” mavzuidagi seminarda Gulshana murabbiy sifatida ish olib bordi.

– Har bir o‘quvchi bilan individual shug‘ullanishga harakat qilaman, – deydi G.Mahmudova. – Darsda multimedia vositalaridan keng foydalanaman. O‘quv mashg‘ulotlarini shu tarzda tashkil etish o‘z samarasini bermoqda: yaqinda 1-sinf o‘quvchilari o‘rtasida so‘rov o‘tkazilganda, ingliz tili fanini o‘zlashtirish 84 foiz oshgani ma’lum bo‘ldi.

Hotam MAMADALIYEV

(O‘zA) olgan surat.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: