Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi

Shu yilning 25 may kuni Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida Yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi (YAMDM)ning pilot loyihasi namoishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Baxodir Ataxanov, elektron sog‘liqni saqlashni rivojlantirish — UzMedInfo markazi vakillari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi, jaxon ekspertlari va Buxoro viloyati soglikni saklash boshkarmasi raxbariyati va viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazi rahbariyati ishtirok etdi.

Joriy yilning 16 mart kuni mamlakatimiz Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori imzolangan edi.

Mazkur huquqiy hujjatlarda mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, ushbu hujjatda ko‘rsatilganidek, yagona muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik markazlari mamlakatimizning 13 hududida tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda. Bu markazlar yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan boshqariladi. Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro viloyat filialida tashkil etilgan yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazi esa ushbu yo‘lda tashlangan dastlabki qadam bo‘ldi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligi tashabbusi bilan elektron sogliqni saklashni rivojlantirish markazi Uzmedinfo xodimlari, tizimli integrator Inline Telecom Solutions kompaniyasi, hamda “O‘zbektelekom” AKning mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilib kursatildi.

— Mazkur markaz Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, “O‘zbektelekom” AK bilan hamkorlikda mamlakatimiz hududida tez tibbiy yordamning yagona muvofiqlashtiruvchi dispetcherlik markazini joriy etish bo‘yicha pilot loyihasi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi, — deydi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Baxodir Ataxanov. — Mazkur loyixa shoshilinch tibbiy yordam tizimi bo‘yicha qabul qilingan huquqiy hujjatda belgilangan vazifalarning ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, endilikda ushbu markaz shoshilinch holatlardagi har bir murojaatni o‘z vaqtida tezkorlik bilan istisnosiz bajarilishiga xizmat qiladi. Qabul qilingan va rasmiylashtirilgan har bir murojaat o‘sha zahotiyoq ko‘chma brigadaga bemor haqidagi kerakli tibbiy axborot va uning joylashish manzili haqidagi ma’lumotlar bilan birgalikda radio ratsiya kurilmalari orkali uzatiladi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, shoshilinch tibbiy xizmatning chaqirilishi “Yagona oyna” tamoyili asosida tashkil etilib, aholi murojaati tushgandayoq shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatishni tezlashtirish bilan birga, inson salomatligi bilan bog‘liq noxush hodisalarning oldini oladi.

Yana o‘qing:  “JCH-2019”ning Sochida o‘tkazilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi

Shuni ham aytish joizki, hujjatda sohani rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar qatorida kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinishi ham belgilangan edi. Ayni kunlarda zarur vositalar bilan jihozlangan tez tibbiy yordam avtomashinalarining 200 ga yaqini xarid qilinib, ehtiyoj baland bo‘lgan hududlarga yetkazib berildi.

Dunyoning yetakchi davlatlar amaliyoti o‘rganilganda tez tibbiy yordam xizmati faoliyatida aloqa aloxida o‘rin tutishi, xududlarni sifatli aloqa bilan qoplanishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarni samaradorlgini oshirishiga olib kelishi aniqlangan. Namoyish etilgan loyixada dispetcher va tez yordam mashanisi bilan kafolatlangan aloqa “Radioaloqa” kuyi tizimi tufayli ta’minlanadi. “Radioaloqa” kuyi tizimi aloqaning raqamli radiokanallari, tez tibbiy yerdam avtomobillarida urnatilgan ratsiyalarning joyining trekingi va monitoringi yuli bilan dispercher va tez tibbiy yordam avtomobillari o‘rtasidagi kafolatlangan aloqani ta’minlaydi. Ma’lumotlar tizim va uskunalar urtasida raqamli radiokanallar orkali uzatiladi, hattoki favkulodda vaziyatlar sodir bulganda yoki mamlakat telekommunikatsion tarmoklarning yuklanganda zuriqib ishlash holatida ham tez tibbiy yordam xizmati faoliyati yuqorida qayd etilgan raqamli radiokanallar orqali muayan amalga oshirilaveradi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur Farmon hamda u bilan tasdiqlangan huquqiy hujjatlar, shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirishga, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yangi yukori bosqichga ko‘tarishga, sohada ilmiy-tadqiqot faoliyati ko‘lamini kengaytirishga hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etishda asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda aholi salomatligi, inson manfaatlari, xalqimiz farovonligi haqida so‘z borar ekan, bu masalalar doimo davlatimizning e’tibor markazida bo‘lib qoladi. Ana shu ezgu maqsadlarning mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan e’lon qilingan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida ro‘yobga chiqarilishi esa yanada ahamiyatlidir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: