Xorijlik shifokorlar yurtimizda

Mamlakatimizda hayotga izchil tatbiq etilayotgan sog‘lomlashtirish loyihalari va dasturlari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, muntazam tarzda tashkil qilinayotgan salomatlik haftaliklari doirasidagi tibbiy ko‘riklar sog‘lom va barkamol avlodning tug‘ilishi va voyaga yetishiga zamin bo‘lmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda turli xayriya tadbirlari, tibbiy-ijtimoiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyishdan keyingi asoratlari, qo‘l-oyoqlar tug‘ma nuqsonlari hamda yuz-jag‘ sohasidagi va boshqa kasalliklar bilan og‘rigan ijtimoiy himoyaga muhtoj bemor bolalarni sog‘lomlashtirishga malakali shifokorlar jalb etilmoqda.

Kecha Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti klinikasida mana shunday ezgu xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi. Koreya Respublikasining “Junior Chamber International – JCI” yoshlar tashkiloti va Cha universiteti qoshidagi Bundan Cha gospitali malakali shifokorlari tug‘ma yurak nuqsoni tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarni umumiy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi.

Ta’kidlash joizki, fondning mazkur tashkilot bilan 2010-2014 yillardagi hamkorligi davomida Bundan Cha gospitalida xayriya yo‘li bilan jami 27 nafar o‘zbekistonlik bolalar jarrohlik amaliyoti yordamida sog‘lomlashtirildi.

N.NORBOBOYEV

Muallif olgan suratlar.

Yana o‘qing:  Virtual qabulxona: muammolar o‘z yechimini topmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: