Xorijlik mutaxassislar bilan tajriba almashildi

Toshkent Davlat stomatologiya institutida “Malakali mutaxassis tayyorlashda bemor bilan muloqot va amaliy ko‘nikmalarni o‘rgatish muammolari hamda ularning yechimlari” mavzusidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyada sohada qo‘llanilayotgan yangi innovatsion texnologiyalar, pedagogik qo‘llanmalar, yangi metodlar, o‘quv mashg‘ulotlari, o‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyalari, bilim va ko‘nikmalarni almashish, talabalarning o‘quv amaliyoti, kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv mashg‘ulotlari, bemor bilan ishlash va yana ko‘pgina mavzularda ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, mahorat darslari va ko‘rgazmalar namoyish etildi. O‘quv-ilmiy-amaliy anjumanda respublikaning barcha tibbiyot oliygohlari talabalari va Niderlandiya, Koreya, Rossiya mamlakatlaridan kelgan xorijlik mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

 

Shohinur MIRZAYEV

Yana o‘qing:  Turfa xil taomnoma “siri”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: