XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013/51)

  • Mamlakatimizga tashrif buyurgan “Bolgariya-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi Penko Atanasov rahbarligidagi Bolgariya parlament delegatsiyasi 17 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatida uchrashuvlar o‘tkazdi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
  • Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi va Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida stol tennisi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda qator davlatlarning mamlakatimizdagi elchixonalari vakillari, O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi a’zolari, san’at va madaniyat namoyandalari qatnashdi.
  • Poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bunyod etilgan “Semurg‘” bolalar tomoshagohi foydalanishga topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan qurilib, foydalanishga topshirilgan mazkur inshoot uch yuz nafarga yaqin bolani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
  • Samarqand shahrida “Kamalak yulduzlari – 2013” bolalar ijodiyoti festivalining hududiy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yana o‘qing:  SIFATLI OZIQ-OVQAT – SALOMATLIK KAFOLATI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: