XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013/20)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Koreya Respublikasi milliy assambleyasi «Koreya — O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik uyushmasi raisi Li Je O rahbarligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yaqinda Xitoyning ­Xunan provinsiyasida Toshkent viloyati bilan birodarlik aloqalari o‘rnatilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy va sarmoya­viy salohiyati mavzuida marosim bo‘lib o‘tdi.

Ispaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskvada) sifatida qayta tayinlangan Xose Ignasio Karbaxal Garate O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Belgiyaning Oudenard shahrida «The Geko Ypres rally» xalqaro avtopoygasi tadbirlari doirasida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi.

Yana o‘qing:  El salomatligi fidoyilari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: