TOSHKENT DAVLAT STOMATOLOGIYa INSTITUTI BITIRUVCHILARIGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

Mamlakatimizda inson salomatligi – oliyqadriyat maqomiga ega. U Davlat siyosatining ustuvoryo‘nalishlaridan biridir. Bu maqom shifokorlardan ma’naviyatli bo‘lishni, tibbiyot etikasiga og‘ishmay amal qilishni talab qiladi. Bugungi kunda yurtimiz aholisining salomatligini saqlash sohasida olib borilayotgan islohotlar o‘zining insonparvarlikka asoslanganligi bilan tavsiflanadi.

            Aytish joizki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan yangilash, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishga doir muhim masalalar belgilangan.

Prezidentimizning 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ham ushbu masalalarga bandma-band to‘xtalib o‘tilgan. Tibbiy yordam – birinchi navbatda samarador, sifatli va ommabop bo‘lishi lozim. Bunga o‘z-o‘zidan erishilmaydi albatta. Bunda Oliy o‘quv yurtlari zimmasiga tushadigan mas’uliyatlar talaygina.

Toshkent davlat stomatologiya institutini 2018/2019 o‘quv yilida    320 nafardan ortiq  talaba-yoshlar tamomlab, o‘zlari egallagan bilim va ko‘nikmalar asosida yurtimizning turli joylarida ish boshlashlari kutilmoqda. 2019 yil 1 iyul kuni soat 9:00 da Turkiston san’at saroyida ushbu bitiruvchilarga tantanali “Diplom topshirish” tadbiri o‘tkazilmoqda. Bitirayotgan 25 ta  magistrning 18 tasi xorijiy oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirib kelgan 1 tasi davlat mukofoti sovrindori, 298 ta bakalavrdan  206 tasi stomatologiya fakulteti talabasi bo‘lib, 23 tasi chet elda o‘qigan, 2 tasi davlat mukofoti sovrindori, 92 tasi bolalar stomatologiyasi fakultet talabasi, 10 tasi chet elda malaka oshirib kelgan, 93 ta Toshkent davlat stomatologiya instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari bitirishmoqda. Yusupaliyeva Kamola, Do‘smuxamedova Azizalar qizil diplom bilan bitirdilar.

O‘tgan 2018 yilda Toshkent davlat stomatologiya institutida 5 ta xaqaro konferensiyalar tashkil etilib, 112 ta xalqaro mutaxassislar tashrif buyurishdi. Institutimiz nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda aloqalar o‘rnatib 34 ta xalqaro tashkilotlar bilan memorandumlar imzolandi. Ushbu memorandumlar doirasida 56 ta talabamiz chet elga o‘qishga yuborilib, 123 ta xodimlarimiz malakasini oshirib qaytishdi. Qilingan ishlar samarasi tufayli, chet el oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda aynan yurtimizda qo‘shma fakultet tashkil qilindi. Yurtimizda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari ichida birinchi bo‘lib 2 ta qo‘shma fakultet tashkil qilindi. Bular: Turin politexnika universiteti va Moskva Tibbiyot universiteti bilan tashkil qilingan fakultetlardir. Ushbu fakultetlarni bitirgan talabalar birdaniga 2 ta diplomni qo‘lga kiritishi bilan qulaydir. Shuningdek, Orenburg davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik dasturiga asosan, “klinik-psixologiya” yo‘nalishida yangi fakultet ochish yuzasidan ish olib borilyapti. Mazkur fakultetga 2019-2020 o‘quv yilidan talabalar qabul qilish rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Endi xorijdan plastik kartalarga pul o‘tkazish mumkin

Bugungi kunda Institutimizda professor-o‘qituvchilari 340 nafar tarkibi yosh, ilmga chanqoq, faol yoshlar hisobiga kengayishi bilan bir qatorda, talabalarimiz soni xam yildan yilga ortib bormoqda. Ular bugungi kunda 1910 bakalavr, 65 magistr, 230 nafar klinik ordinatordan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “El-yurt umidi” fondi orqali qator mutaxassislarimiz chet elga magistratura, doktorantura va stajirovkalarga yuborilmoqda. Koreyaning Yan Yu Sik stipendiyasiga ham bizning bir qator talabalarimiz loyiq topilgani bunga misol. Xodimlarimiz tibbiyot sohasidagi xalqaro konferensiyalarning doimiy ishtirokchilariga aylanishmoqda. Ushbu yo‘nalishda Oliy ta’limga dunyo tajribasini jalb qilish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan institutimizda qo‘shma fakultetlar ochildi va bu tashabbuslar davomiy bo‘lishiga umid bildiramiz. Aprel oyida institutimizga Qozoq tibbiyot universitetidan Jekenova, Moskva Davlat Tibbiyot universitetidan akademik S.S.Persov o‘zining ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tab ketishdi.

Har bir oliy ta’lim muassasasi kabi Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish belgilangan

Shohinur Mirzayev,

Toshkent Davlat stomatologiya instituti matbuot kotibi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: