Tez tibbiy yordam xizmati takomillashtiriladi

Aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, tibbiyot sohasidagi islohotlar samarasini oshirish davlatimizning doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, tez tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida qo‘yilgan vazifalarni to‘liq bajarishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar saqlanib qolayotganligi qayd etish joiz.

Masalan, Respublikada tez tibbiy yordam xizmatini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan qabul qilingan bir nechta qarorlarning natijalari bugungi kunga qadar sezilmayapti. Tez tibbiy yordam chaqiruvlarini qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish eskicha, qo‘l mexanizmlari yordamida bajarilmoqda. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida bemorlarning kasalxonaga yetib borgunga qadar vafot etishi ko‘payib bormoqda. Murojaatlarni saralashning amaldagi tartibi mavjud kuch va vositalarni eng muhim chaqiruvlarga xizmat ko‘rsatish uchun yo‘naltirish imkonini bermaydi. Natijada yolg‘on chaqiruvlar soni oshmoqda yoki surunkali kasalliklari avj olgan, biroq, hayoti xavf ostida bo‘lmagan bemorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Ajratilayotgan byudjet mablag‘lari esa sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash imkonini bermayapti.

Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuqoridagi muammolarning o‘z yechimini topishida xizmat qiladi. Xususan, shoshilinch yordamga muhtoj har bir kishiga yuqori sifatli tibbiy xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish tez tibbiy yordam xizmatining ustuvor vazifasi deb hisoblanadi. Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma tomonidan quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Tez tibbiy yordam xizmatining maxsus avtotransportini xarid qilish va transport parkini o‘z vaqtida yangilash, shuningdek, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, ehtiyot qismlar va sarflanadigan materiallarni xarid qiladi. Tez tibbiy yordam xizmatining xodimlarini o‘qitish, malakasini oshirish va amaliyot o‘tashini, shu jumladan, xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, ta’lim va boshqa muassasalarida amaliyot o‘tashini tashkillashtiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha maxsus avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari, tibbiyot uskunalari va sarflanadigan materiallar, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, texnik o‘qitish vositalari, adabiyotlar va tez tibbiy yordam xizmatiga zarur boshqa moddiy-texnika resurslar uchun 2022 yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatda bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).

Yana o‘qing:  Bola huquqlari davlat himoyasida

Shuningdek, vazirlikning Shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazi Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv-mashg‘ulot markazi sifatida qayta tashkil etiladi. Markaz tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar yordam ko‘rsatish sohasida kadrlarni o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy metodik muassasa hisoblanadi. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining samaradorligi muntazam baholab boriladi va Vazirlikning veb-saytida e’lon qilinadi. Umid qilamizki, mazkur qaror tizimda katta islohotlar amalga oshirilishini ta’miinlaydi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: