Tejamkorlik – xotirjamlik asosi

Bugungi hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur etish qiyin. Xoh ishda, xoh uyda bo‘lsin, barchamiz uning yordamiga ehtiyoj sezamiz.

Afsuski, aholi o‘rtasida soha mutaxassislari tomonidan muntazam tushuntirish ishlar olib borilishiga qaramay, ba’zan elektr energiyasidan oqilona foydalanmaslik, to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirilmaslik holatlari uchrab turibdi. Shu bois davlatimiz tomonidan elektr energiyasidan foydalanish holatlari muntazam ravishda nazorat qilib boriladi. Agarda fuqaro ishlatilgan elektr energiyasi haqini o‘z vaqtida amalga oshirmasa, ushbu qonunbuzarlik holatlari yuzasidan bunday shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi. Jumladan, “O‘zdavenergonazorat” Toshkent hududiy bo‘limi tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” ham iste’molchilar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, turli salbiy holat va kamchiliklarni bartaraf etishda alohida o‘rin tutadi.

Mazkur “Ochiq eshiklar kuni”da fuqarolardan tushgan murojaatlar qabul qilinib, yuzaga kelgan muammolar yechimini topishda amaliy yordam va kerakli maslahatlar beriladi. Ushbu tadbirlar ish unumdorligi, sifatini oshirish, elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish va turli noqonuniy holatlarning oldini olish, eng muhimi, iqtisodiyotimiz rivojini ta’minlashi bilan ahamiyatlidir.

Lazizjon SUBANOV,

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi Toshkent hududiy bo‘limi yetakchi muhandisi

Yana o‘qing:  VNIMANIYE DOPING!!!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: