Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik davr talabi

Joriy yilning 3 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’atining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Videoselektor formatida o‘tkazilgan yig‘ilishda Hay’at a’zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbar xodimlari, vazirlik tasarrufidagi hududiy organlar, ta’lim va davolash-profilaktika muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Hay’at yig‘ilishi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shadmanov raisligida o‘tkazildi.

Unda qator masalalar muhokama qilindi. Yig‘ilishning asosiy masalasi — mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida shu yilning 5 yanvar va 7 fevralda o‘tkazilgan majlis bayonlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va ijrosi xususida sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Xadjibayev ma’ruzasi tinglandi. A.Xadjibayev o‘z chiqishida sog‘liqni saqlash tizimining bugungi holati, muammolar, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordami, jumladan, patronaj tizimini yanada takomillashtirish hamda tez tibbiy yordam brigadalarining holatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdi. 

Shundan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligi Nazorat inspeksiyasi tomonidan 2016 yilda bajarilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida Nazorat inspeksiyasi rahbari A.Agzamov so‘zga chiqdi.

Kun tartibining keyingi masalasi, ya’ni Sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan xalqaro davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ishlar hamda tibbiyot sohasi mutaxassislarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi tibbiyot markazlari, klinikalari va oliy o‘quv yurtlarida qayta o‘qitish, ixtisoslashtirish va malaka oshirishga yuborish tajribasi va istiqbollari xususida bo‘ldi.

Shundan so‘ng, Hay’at yig‘ilishi ishtirokchilariga Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi o‘rtasida 2016-2018 yillar uchun tuzilgan ikki tomonlama Tarmoq kelishuvining bajarilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi F.Xanapiyaev ma’lumot berdi.

 Kun tartibidan o‘rin olgan asosiy va qo‘shimcha masalalar bo‘yicha ma’ruzalar tinglab bo‘lingach, mazkur masalalar yuzasidan vazirlik Hay’atining tegishli qarorlari qabul qilindi va rahbarlarga sohani yanada yaxshilash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Bo‘lib o‘tgan Hay’at yig‘ilishida tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik shu kunning talabi ekanligi alohida ta’kidlandi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati.

Yana o‘qing:  Jamg‘arma faoliyatidan (2013-29)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: