Suv sporti turlari bo‘yicha IX Osiyo chempionati yakunlandi

Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha IX Osiyo chempionati yakunlandi O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz suzish federatsiyasi hamda Osiyo suzish federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqada qit’amiznig 26 davlatidan mingga yaqin sportchi Olimpiya o‘yinlari dasturidan joy olgan suzish, sinxron suzish, suv polosi va suvga sakrash bahslarida qatnashdi.

Suzish bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 13 oltin, 7 kumush va 11 bronza, suvga sakrash bahslarida esa 1 oltin, 5 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Sinxron suzishda sportchilarimiz 4 kumush va 6 bronza, suv polosida bittadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimiz sportchilari 14 oltin, 17 kumush va 21 bronza medal, jami 52 medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi. Chempionatda Yaponiya terma jamoasi a’zolari birinchi, Xitoy vakillari ikkinchi o‘rinni egalladi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  DOLZARB MAVZULAR MUHOKAMA ETILDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: