Sudlar USAID va BMTdan multimedia uskunalarini oldi

Farg‘ona vodiysining fuqarolik ishlari bo‘yicha 15 ta tumanlararo sudiga E-SUD milliy elektron sud yurituvi axborot tizimiga ulanish imkonini beradigan 57 ta zamonaviy kompyuter majmualari taqdim etildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudida ushbu tadbirga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ishtirok etdi.

Yangi texnika O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Xalqaro taraqqiyot bo‘yicha Agentligi (USAID) va BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi sohasida sheriklik” loyihasi doirasida taqdim etildi. Jami 60 ming dollarlik multimedia uskunalari E-SUD innovatsion elektron sud yurituvi tizimiga ulanish imkonini beradi. Bu ishlarni ko‘rib chiqish uchun vaqtni sezilarli qisqartiradi va fuqarolarning sud tizimiga kengroq kirishini ta’minlaydi.

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklarni sotish ta’qiqlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: