Sport xabarlari (2015–46)

QO‘L JANGI

Rossiyaning Kaliningrad shahrida o‘smirlar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 3 oltin, 1 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Nufuzli musobaqada O‘zbekiston, Rossiya, Chexiya, Litva, Estoniya, Latviya, Ukraina, Vengriya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlaridan kelgan yuz nafarga yaqin sportchi o‘zaro kuch sinashdi.

Chempionatda hamyurtlarimizdan No‘mon Ne’matjonov, Husniddin Sattorov va Shahzod Azizov barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Abror Nuriddinov kumush, Abdurahmon Erkinov, Islom Imonqulov, Rahmatjon Karimov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

BADIIY GIMNASTIKA

Moskva shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqada o‘n bir yoshli Taxmina Ikromova xalqada 14. 600 ball, to‘pda 15. 600 ball va arg‘amchida 16. 500 ball natija ko‘rsatdi va eng yuqori 46. 700 ball bilan to‘rtta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Xalqaro turnirda hamyurtlarimizdan Nuriniso Usmonova 1 oltin va 3 kumush, Shahrizoda Qayumova 1 tadan oltin, kumush va bronza, Farzona Usmonova 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar (2015-46)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: