Sog‘lom turmush tarafdorimiz

1 dekabr – xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan respublikamizning turli joylarida tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan. Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan Bank kollejida o‘tkazilgan tadbir ham ana shunday xayrli ishlarning uzviy davomidir.

“Biz sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, o‘quvchi yoshlarga OITS va OIV xususida kengroq tushuntirish ishlari olib bordilar hamda ularga reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom oilani shakllantirish masalalariga oid ma’lumotlar berib o‘tishdi. “Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning zararli oqibatlari”, “Mustahkam oila – tinchlik poydevori”, “Nikoh tuzish tartibi va majburiyatlari”, “Oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari” kabi bir qator mavzularda yoshlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida reproduktiv salomatlikni keng targ‘ib etish maqsadida tumanning 28– umumta’lim maktabi hamda 106-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashgan maktab-internatida ham o‘quvchilar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

M.TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi aniqlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: