Ravshan Ermatov va uning guruhi JCH-2018ga jiddiy tayyorlanmoqda

Futbol bo‘yicha jahon chempionati starti oldidan, bugun Rossiya poytaxtidagi “Kempinski otel” mehmonxonasida Osiyo futbol konfederatsiyasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda FIFA prezidenti Janni Infantino, qolaversa, Osiyo futbol Konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa jahon chempionatida ishtirok etuvchi Osiyo terma jamoalari va hakamlarga omad fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Osiyoda futbol jadallik bilan rivojlanib boryapti. Umid qilamanki, bu yilgi musobaqada Osiyo terma jamoalari ham o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata olishadi. Qolaversa, ayni paytda Osiyoda hakamlik sohasi ham ancha rivojlangan. So‘nggi yillarda ushbu qit’adan bir qator kuchli referilar yetishib chiqdi. Jahon chempionatining final bosqichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi ham bugungi kunda aynan osiyolik hakam Ravshan Ermatov bo‘lib turgani ham fikrimga isbot bo‘la oladi”, – deydi FIFA prezidenti Janni Infantino.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada ham ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zbek futboli tarixida ilk marotaba Alim Arifov jahon chempionatida komissar vazifasini bajaradi. Ayni paytda Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi Rossiyadagi FIFAning hakamlar uchun mo‘ljallangan maxsus bazasida butun dunyodan tashrif buyurgan referilar bilan birgalikda Jahon chempionatiga so‘nggi tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Yana o‘qing:  “Hamshira – 2018” – eng munosiblar taqdirlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: