QIZILTEPADA MADANIY MARKAZ ISH BOSHLADI

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanining Qiziltepa qishlog‘ida yangi madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 iyundagi “2013-2018 yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida barpo etilgan markaz 22 mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatadi.

“Bunyodkor fayz” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan barpo etilgan mazkur maskan turli to‘garak xonalari, 150 o‘rinli zal va boshqa ob’yektlarni o‘z ichiga olgan.

Bu yerda badiiy havaskorlik, tasviriy va amaliy san’at hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish uchun 26 ta xona ajratilgan. Zalda turli tomoshalar, konsert dasturlari uyushtiriladi. Markaz Qiziltepa, Arab, Qo‘shtamg‘ali, Sovsan, Nogahon kabi qishloqlar aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Yangi markazning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat san’atkorlarining konsert dasturi namoyish etildi.

Sarvar OCHILOV

Yana o‘qing:  Xushxabar, raqamlar (2014/52)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: