Poytaxtimizda “O‘zmedekspo-2018” XI xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ish boshladi

Prezidentimizning shu yil 2 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbir aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Janubiy Koreya, Pokiston, Rossiya, Slovakiya, Turkiya va Shveysariyaning nufuzli kompaniyalari eng so‘nggi ishlanmalar, yangi texnologiyalar, davolash va diagnostikaning ilg‘or usullarini namoyish etmoqda. Jumladan, tadbir tibbiy asbob-uskunalar, diagnostika, laboratoriya jihozlari, stomatologiya, oftalmologiya, ortopediya va reablitatsiya, farmatsevtika sohasiga oid texnika vositalari, keng iste’mol qilinadigan mahsulotlar, tibbiyot xizmatlari hamda sug‘urta bo‘limlarini o‘z ichiga qamrab olgan.

 

Arvin Kumar Choudhary,

“Central drug house” kompaniyasi menejeri:

Bizning kompaniya dori vositalari, kimyoviy moddalar, indikatorlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu sohada 35 yildan buyon samarali faoliyat olib bormoqda. Bugunga qadar 10 ga yaqin mamlakatlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelmoqdamiz. Mahsulotlarimiz asosan Hindistonda ishlab chiqariladi. Yurtingizda tashkillashtirilgan mazkur ko‘rgazmada ilk bor ishtirok etmoqdamiz. Umid qilamizki, ushbu ko‘rgazmadan amaliy natijalarga erishamiz.

 

Ko‘rgazmaning o‘tkazilishi sog‘liqni saqlash sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan tanishish, yangi tibbiyot istiqbollarini aniqlash, shu bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi o‘ziga xos an’analar borasida axborotlar olish imkonini beradi.

– Ushbu ko‘rgazmada 5 yildan buyon ishtirok etib kelmoqdamiz. Tikuv fabrikamiz tibbiyot kiyimlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, chorak asrdan beri faoliyat yuritadi. Ayni paytda 67 turdagi kiyimlarni ishlab chiqarmoqdamiz. Korxonamiz nafaqat yurtimiz aholisiga, balki Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi MDH davlatlariga ham o‘z mahsulotlarini eksport qilib kelmoqda, – deydi “Irodat” tikuv fabrikasi direktori Nafisa Davronova.

Ko‘rgazma 28 sentyabrga qadar davom etadi.

Yana o‘qing:  Fuqarolik jamiyati ko‘zgusi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: