Perinatal markazida tug‘ilgan chaqaloq almashtirib qo‘yilgan(mi)?…

 Camarqand shahridagi viloyat perinatal markazida qiz farzand dunyoga keltirgan onaga uch kun o‘tib o‘g‘il bola chaqaloqning jasadi berilgani haqidagi xabarlar turli onlayn nashrlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda. O‘zi bu yerda qanday hodisa ro‘y bergan edi?

Ma’lumotlarga ko‘ra viloyatning Urgut tumanida istiqomat qiluvchi, 1993 yilda tug‘ilgan Go‘zal Hakimova 23 maydan 24 mayga o‘tar kechasi soat 01: 00 da vazni 850 gramm bo‘lgan chaqaloqni muddatidan oldin dunyoga keltiradi. Tug‘uruqni qayd etish jurnalida doya Barno Ergasheva tomonidan chaqaloqning jinsi qiz bola ekanligi yoziladi. (Keyinchalik B. Ergasheva o‘z mash’um xatosini to‘g‘rilashga uringan va jurnaldagi “jen” yozuvini “muj”ga o‘zgartirib qo‘ygan). Aslida G. Hakimova o‘g‘il bolani dunyoga keltirgan bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda ham tug‘uruqdan oldingi ultratovush tekshiruvi davomida uning homilasi jinsi o‘g‘il ekanligi ta’kidlanmoqda.

Nega unda jurnalga chaqaloqning jinsi adashib, qiz bola sifatida yozilib qoldi?

Gap shundaki, G. Hakimovaning farzandi muddatidan avval tug‘ilgan. Bunday chaqaloqlar tug‘ilishi hamono, tanasi sovib qolmasligi uchun shoshilinch ravishda maxsus vakuumga solinadi. Perinatal markazda esa o‘sha kuni tug‘uruq intensiv bo‘lgan. G. Hakimovadan 10 daqiqa avval M. Qurbonova ismli ayol egizak farzandlar – o‘g‘il va qiz farzandni dunyoga keltiradi. M. Qurbonovaning qizalog‘i G. Hakimovaning o‘g‘lidan 4 daqiqa avval tug‘iladi.

Chaqaloqlarni jurnalga qayd etgan doya B. Hakimova (u mazkur voqeada xatoga yo‘l qo‘yganligi uchun o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgan)ning aytishicha, “keyingi tug‘ilgan chaqaloqning jinsi nima edi?”, deb savol berilganida kimdir egizaklardan keyingisini so‘rayapti, degan gumonda “qiz” degan va u bu ma’lumotni jurnalga yozgan. Tabiiyki, onaga ham, uning qarindoshlariga ham hamshiralar tomonidan qiz farzand dunyoga kelgani aytib bo‘lingan. Bu vaqtda muddatidan avval chala tug‘ilgan chaqaloq esa vakuum ichida hayot bilan kurashardi.

Chala tug‘ilgan chaqaloqqa ochilgan tibbiyot tarixida ham uning jinsi jurnaldan ko‘chirilib, “qiz” sifatida yozilgan. Faqatgina neonatolog Mavzina Hamrayevaning dastlabki yozuvlarida uning jinsi “o‘g‘il” sifatida qayd etilgan. Chunki faqat u chaqaloqni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan.

Perinatal markaz direktori, tibbiyot fanlari nomzodi B. Jumanovning aytishicha, vazni 1 kilogramga yetmay, muddatidan avval tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab ketishi juda qiyin, odatda ularning 90 foizi nobud bo‘ladi. G. Hakimova dunyoga keltirgan o‘g‘ilcha ham 3 kun yashab, hayot bilan vidolashgan. (Qayd etib o‘tish joizki, bu chaqaloq G. Hakimovaning ikkinchi farzandi bo‘lib, oldingi farzandi ham muddatidan avval tug‘ilib, vafot etgan).

Yana o‘qing:  Harakat – hayotiy quvvat manbai

Chaqaloqning qarindoshlari avval boshda “farzandimiz almashtirilgan”, degan vaj bilan undan tonib turishadi, uni tanasi patologoanatom tomonidan o‘rganilgan, qarindoshlari viloyat prokuraturasiga ham bu borada ariza orqali murojaat qilishgan.

Xullas, doyaning e’tiborsizligi ortidan chaqaloqning jinsi almashtirib yozib qo‘yilgan hamda uning jasadini qarindoshlariga topshirishda turli tushunmovchilik va gumonlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

E. Bositxonovaning bildirishicha, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev boshchiligida guruh xizmat tekshiruvi o‘tkazish uchun Samarqand shahriga jo‘nab ketgan.

 

Elmira BOSITXONOVA,

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari:

Samarqand viloyat perinatal markazida ro‘y bergan mazkur hodisa, albatta, kishini o‘yga toldirmasdan qolmaydi. Tibbiyot xodimlarning qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yishi, e’tiborsizligi turli shubha va gumonlarning urchishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ayrim shifokorlarning vrachlik etikasi va deontologiyasi qoidalarini buzganligi, murakkab vaziyatda muomala madaniyati va xatti-harakatlari risoladagidek bo‘lmagani xizmat tekshiruvi davomida atroflicha o‘rganib chiqilib, kerakli choralar ko‘riladi.

 

Shuhrat ShOKIRJONOV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: