Parakanoechilarimizning jahon kubogidagi muvaffaqiyatlari

Vengriyaning Seged shahrida Parakanoe bo‘yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda.

200 metr masofaga o‘tkazilgan bellashuvlarda Azizbek Abduhabibov KL-2 yo‘nalishidagi qayiqda o‘z mahoratini namoyish etib, A finalda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va bronza medaliga sazovor bo‘ldi. KL-3 yo‘nalishidagi qayiqda B finalda ishtirok etgan Pavel Sulaymonov beshinchi o‘rinni egalladi. Xuddi shu yo‘nalishda yana bir sportchimiz Hasan Qo‘ldoshev to‘qqizinchi o‘rindan joy oldi.

Ayollar o‘rtasidagi final bosqichida hamyurtimiz Shahnoza Mirzayeva oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Hayitmurod Sherqo‘ziyev kumush medal sohibi bo‘ldi. Azizbek Abduhabibov esa KL-2 yo‘nalishida shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin oldi.

Yana o‘qing:  Chempionat yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: