“O‘zstandart” agentligi: 2017 yilda 4,5 mingta korxonada sifat menejmenti tizimlari joriy etiladi

“O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalarida  xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Buning uchun birinchi navbatda korxonalarning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida ISO 9001 xalqaro standarti talablari asosida sifat menejmenti tizimini joriy etish bo‘yicha ishlar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi.

Natijada O‘zbekistoning eksport salohiyati oshishiga, sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ko‘payishiga zamin yaratadi.

O‘tgan 2016 yilda 1 954 ta korxonlarda sifat menejmenti tizimi joriy etilgan bo‘lsada, ularning soni 4 181 tani yoki sanoat korxonalarining 9 foizini tashkil etgan.

Shuning uchun joriy yilda 4,5 mingta korxonada, shundan 1 700 tasi eksporter korxona bo‘yicha aniq ish rejalari hokimliklar, tarmoqlar va korxonalar bilan tasdiqlab olindi.

Birgina yanvar oyida 150 ta korxonada xalqaro ISO 9001 standarti talablari asosida sifat menejmenti joriy etildi. Birinchi yarim yillikda esa 800 ta korxonada joriy etilishi rejalashtirildi.

 

“O‘zstandart” agentligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  "Kamolot" kubogi" o‘z egasini topdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: