O‘zbekistonda yangi vazirlik tashkil etildi. Uning vazifalariga nimalar kiradi?

O‘zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni arafasida Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgani haqida xabar berilgani, ta’lim sohasida olib borilayotgan yana bitta katta islohotning amaliy qadamidan darak beradi. Shunday qilib yangi ta’lim vazirligining oldiga bir qator muhim vazifalar qo‘yilmoqda, xususan:

birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida muvofiqlashtirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga tatbiq etish;

ikkinchidan, xalqaro tajribani chuqur o‘rganib, maktabgacha ta’lim yoshida bo‘lgan bolalarning jismoniy va estetik ulg‘ayishi, har tomonlama intellektual axloqiy rivojlanishi uchun keng sharoitlarni yaratish;

uchinchidan, respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich tashkil etiladigan, o‘zaro raqobatda bo‘lgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga turli imtiyozlarni taqdim etish, soliqlardan qisman ozod etish, tashkil etilgan muassasalar hisobiga bolalarni MTMlarga jalb etib borishni tashkillashtirish;

to‘rtinchidan, amaliyotda zamonaviy o‘quv-pedagogik texnologiyalardan foydalanish; muassasalarda tarbiya va o‘quv jarayonlarini innovatsion metodlar asosida olib borish;

beshinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘quv-metodik, didaktik materiallar, o‘quv ahamiyatiga ega o‘yinchoq va shu turdagi buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, badiiy adabiyotliklarni yetkazib berish;

oltinchidan, maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar hamda rahbarlarning malakasini oshirish, ularni kasbga qayta tayyorlash;

ettinchidan, tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish hamda vazirlikka yangi, malakali xodimlarni ishga jalb etish;

sakkizinchidan, me’yor talablariga mos keluvchi sinfxonalarni tashkil etish, tarbiyalanuvchilar ehtiyoji to‘liq qondiruvchi sharoitlarni yaratish, sog‘lom ovqatlanish dasturini qayta ko‘rib chiqish hamda ularga tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda.

Qarorda aytilishicha, mazkur vazirlik barcha shartnoma, munosabat va sohaga doir masalalar bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi. Aholi yashash joylarida talab va taklif munosabatlarini o‘rganib chiqib, kelgusida butun O‘zbekiston bo‘ylab, maktabgacha ta’lim yoshida bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida, 60, 70, 100, 120 va 150 o‘rinli davlat hamda nodavlat MTM qurilishi rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Ixtisoslashtirilgan maktablar: ushbu ta’lim maskanlariga o‘quvchilar qanday tanlab olinadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: