O‘ZBEKISTONDA ISHLAB ChIQARILGAN 150 MING DOLLARLIK DORILAR XORIJGA SOTILDI

Zangiota tumanidagi “Dentafil plyus” xususiy korxonasida ishlab chiqarilayotgan dori-darmonlar shu paytgacha ISO 9001 sertifikatiga ega edi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar qiladi.

Keyingi yillarda bu yerda ro‘yobga chiqarilgan investiöiyaviy dasturlar sharofati bilan uning mahsulotlariga GMP xalqaro sifat sertifikati ham berildi. Bu “Dentafil plyus” mahsulotlari endilikda dunyoning istalgan davlatiga eksport qilinishi mumkin, deganidir.

Ayni paytda 100 nafardan ziyod xodimi mehnat qilayotgan korxonada 110 turdagi dori-darmon tayyorlanayotir. Amaliyotga izchil tatbiq etilayotgan texnik va texnologik yangilanishlar tufayli o‘tgan yili eksportga mo‘ljallangan hamda import o‘rnini bosuvchi yangi 17 xildagi salomatlik malhamlari ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Joriy yilda esa Mahalliylashtirish dasturiga muvofiq ikki yirik loyiha ijrosiga kirishilib, buning uchun yana salkam 20 million AQSH dollarilik sarmoya kiritildi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘tgan qisqa muddatda bu yerda tayyorlangan 150 ming AQSH dollarilik mahsulot “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” yorlig‘i bilan xorijga sotildi.

Yana o‘qing:  SABZILI MANTI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: