Maqsadlar mushtarak bo‘lsin

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 273-umumta’lim maktabida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “Erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir Yunusobod tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

– Ma’lumki, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu bois yosh avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirish, ota-onalarning ham bu boradagi bilim va mas’uliyatini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Yunusobod tuman bo‘limi raisi Gulmira Shorustamova. – Yoshlar orasida turli noxush holatlar, huquqbuzarliklar va erta nikoh qurishning oldini olish maqsadiga qaratilgan ushbu tadbir ham ana shu hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida 273-umumta’lim maktabi o‘quvchilari mavzuga doir sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi. Shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Yunusobod tuman tayanch maskani rahbari Muhabbat Ibragimova Oybek nomidagi mahallada istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hamda imkoniyati cheklangan yoshlarga kiyim-kechak, sanitariya-gigiyena vositalaridan iborat muruvvat yordamini topshirdi.

M. XO‘JAMURODOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Яна ўқинг:  ОИТС – бедаво дардми?..

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: