OSIYo O‘YINLARIDAN QAYTISHDI

J anubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan XVII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sportchilari 9 oltin, 14 kumush va 21 bronza medalni qo‘lga kiritib, yurtimizga qaytib keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni vazirlik va idoralar, sport jamoatchiligi vakillari, ota-onalar va muxlislar kutib oldi.

Osiyo Olimpiya kengashi shaf’yeligida tashkil etilgan bu galgi musobaqada 228 nafar hamyurtimiz 32 sport turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini himoya qildi.

Osiyo o‘yinlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sha’nini himoya qiladigan sportchilarimizning imkoniyati va salohiyati sinovdan o‘tkazildi. Incheonda qayd etilgan natijalar o‘zbekistonlik murabbiylar va mutaxassislar sportchilarni Olimpiadaga tayyorlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yganini ko‘rsatdi. Osiyo o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan medallarning aksariyati Olimpiada dasturidagi sport turlari bo‘yicha ekani fikrimiz dalilidir.

Incheonda erishilgan natijalar asnosida mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sport tobora ommalashib borayotgani, sportning qizlarga mos turlarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara berayotgani namoyon bo‘ldi. Badiiy gimnastikachilarimiz – Jamila Rahmatova, Ravilya Farxutdinova, Valeriya Davidova va Anastasiya Serdyukova Osiyo o‘yinlarining jamoaviy bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgani buning isbotidir.

Sportchilarimiz Incheondagi Osiyo o‘yinlarida o‘z mahorati, tajriba va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.

Yana o‘qing:  Sanjar – xalqaro turnir g‘olibi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: