Osiyo o‘yinlari-2018: Vatanimiz sharafini kimlar himoya qiladi?

 Joriy yilning 18 avgust – 2 sentyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida 232 nafar sportchimiz sportning 30 turi bo‘yicha g‘oliblik uchun bahslashadi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida mazkur musobaqada ishtirok etadigan sportchilarni rasmiy kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Osiyo o‘yinlarida 1994 yildan buyon muntazam qatnashayotgan O‘zbekiston sportchilari haqli ravishda kuchlilar qatoridan o‘rin olib kelmoqda. Muxtasar aytganda, o‘n sakkizinchi marotaba o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida vakillarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlash uchun o‘z mahorati, tajriba va salohiyatini to‘liq namoyon etishiga shak-shubha yo‘q.

XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida O‘zbekiston delegatsiyasining bayroqdori etib tayinlangan boks bo‘yicha Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori, ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi Isroil Madrimov tadbirda so‘zga chiqib, barchaga omad tiladi.

Yana o‘qing:  Xotira – muqaddas

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: