O‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etildi

BAAning Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2: 2 hisobida durang o‘ynadi.

Dubaydagi “The Sevens” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunida Eldor Shomurodov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. O‘yinning 69-daqiqasida Teymuraz Shonia muvozanatni tikladi. 77-daqiqaga kelib Saba Lobjanidze Gruziyani oldinga olib chiqdi. 1 daqiqadan keyin Eldor Shomurodov dubl qayd etib, hisobni tenglashtirishga erishdi. O‘yinda boshqa gollar kiritilmadi va 2: 2 hisobi saqlanib qoldi.

Eslatib o‘tamiz, yig‘in doirasidagi dastlabki o‘yinda yoshartirilgan tarkib bilan harakat qilgan Samvel Babayan shogirdlari Daniya U-23 termasiga mag‘lub bo‘lgan edi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Bo‘lajak bilimdonlar qanday tarbiyalanadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: