O‘quvchilar uchun munosib tuhfa

Yurtimizda ta’lim tizimida o‘qitishning zamonaviy uslublaridan keng foydalanish, yangicha yondashuvlarga murojaat qilgan holda ta’lim sifatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yillik bayrami arafasida Andijon shahrida “Zahiriddin Muhammad Bobur Universal Academiy” deb nomlangan xususiy umumta’lim maktabi ish boshlagani buning yorqin dalilidir.

Viloyat hokimligining ko‘magi bilan Andijon milliy hunarmandchilik va ijtimoiy iqtisodiyot kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan binosi rekonstruksiya qilinib, 600 o‘ringa mo‘ljallangan viloyatdagi ilk xususiy umumta’lim maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda ingliz, rus tillari hamda matematika fani chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. Mazkur o‘quv mussasada o‘quvchilarning puxta bilim olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mavjud 27 ta o‘quv xonasi bugungi kun talablari darajasida jihozlandi. Ayni kunda 2018–2019 o‘quv yili uchun 1-5 sinflarga o‘quvchilar qabul qilinmoqda. Ularga 2 mahal issiq ovqat beriladi. Uzoqdan kelganlar esa yotoqxona bilan ta’minlanadi.

O‘quvchilar suhbat asosida qabul qilinib, iqtidoriga qarab qaysi yo‘nalishda o‘qishi aniqlanadi. Bundan tashqari o‘ndan ortiq to‘garaklar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Dars va to‘garak mashg‘ulotlarini malakali pedagoglar hamda hindistonlik tajribali mutaxassislar olib boradi.

Muassasaning o‘quv dasturlari, darsliklar bilan ta’minlanishi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi psixologiyasini rivojlantirish, erkin muloqot qilish ko‘nikmasini shakllantirish, maktab jamoasi hamda ota-onalar hamkorligiga alohida e’tibor qaratilishi belgilangan.

Ulug‘ bayram oldidan foydalanishga topshirilgan yangi maktab ota-onalar, ayniqsa, o‘quvchilar uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

 

Vasila PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  Yangi tipdagi velosiped shinalari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: