O‘quvchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turniri yakunlandi

Sirdaryoda umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Kamolot” kubogi” turnirining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 6 jamoa – Navoiy, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri vakillari o‘zaro bahslashdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Ichki ishlar, Madaniyat, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu an’anaviy musobaqa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular orasida sportning ommaviyligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qilmoqda.

“Kamolot” kubogi”ni Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 162-umumta’lim maktabi jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 29-umumta’lim maktabi o‘quvchilari qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘ringa Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi 34-maktab yoshlari sazovor bo‘ldi.

San’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi, qiziqarli viktorina o‘yinlari tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Marjonaning quvonchi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: