OQILA AYOL – xonadon ko‘rki

Poytaxtimizda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining faoliyati tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqaruv a’zolari, vazirlik, idora va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan 2013-2014 yillarga mo‘ljallangan harakat dasturining bajarilishi yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi atroflicha tahlil etildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, 2014 yilning o‘tgan olti oyi davomida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash dasturiga asosan 228 ming 800 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilishi hamda yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarga 521,4 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishi yurtimizda ayollarga berilayotgan e’tiborning ko‘lamini belgilaydi.

Shuningdek, xotin-qizlar salomatligini asrash, profilaktika choralarini kuchaytirish masalasi qo‘mita faoliyatining doimiy e’tiborida ekanligi va joriy yilning yanvar-may oylarida turli hududlardagi 5 million 772 mingdan ortiq ayol va salkam 6 million bola tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ta’kidlash joiz, turli sport sektorlarida hamda ko‘pgina musobaqalarda ayollarning faolligi jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanayotgan xotin-qizlar safi kengayib borayotganidan dalolatdir.

M.TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Yana o‘qing:  Hayrat daqiqalarining haqiqatlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: