O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI

YUQORI NATIJALARGA ERISHGAN BIR GURUH IQTIDORLI YOSHLARNI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, professional mahorati va yorqin iste’dodi bilan sport sohasida yuqori natijalarga erishgani uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“O‘zbekiston iftixori”

Maxstaliyev Abbosbek Muxammadaliyevich – Toshkent shahri “Paxtakor” professional futbol klubi a’zosi

Mo‘minova Nafisa Alisherovna – Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Istomin Denis Olegovich – Tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Sanokulova Zamirajon Baxtiyorjonovna – Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Farmonov Mirzoxid Shuxratovich – Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xalmuratov Muradjan Yuldashevich – Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Samarali mehnati, tashabbuskorligi va alohida yutuqlari bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Utemuratov Rustem Muratbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

“Jasorat” medali bilan

Ismoilov Oybek Valijonovich – Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi posboni

Yo‘ldashev Sherali Saffarovich – Jizzax viloyati Jizzax tumanidagi “Qo‘shbarmoq” mahalla fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari

Talipov Baxtiyor Xodjimuratovich – Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori

Xudayqulov Erkin Eshimovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi chegara rayoni nazoratchisi

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Meyliyev Anzor Artiqovich – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandiri

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayev Baxodirjon Ixtiyorovich – Navoiy davlat konchilik instituti talabasi

Asqarov Toxirjon Abduqahhor o‘g‘li – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi o‘quvchisi

Atadjanov Jasurbek Abdusharibovich – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Billing Telekom” filiali dasturchi-muhandisi

Boltayev Bexzodbek Matyoqub o‘g‘li – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 1-akademik litseyi o‘quvchisi

Яна ўқинг:  Биз – буюк юрт фарзандларимиз

Buribayev Rustamdjan Sadikdjanovich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Uchuvchilar majmuasi “Boing” havo kemasi ikkinchi uchuvchisi

Jo‘rayeva Feruza Abduraxim qizi – Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Shabnam-nurli zamin” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Ortikov Mumtoz Tulkinjanovich – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Bunyodkor” yoshlar teleklubi bosh koordinatori

Pirnapasov Abror Tolibovich – O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti

Raxmonov Xurshidbek Dilmurotovich – Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi “Kubaro-Diyor” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Taxirov Murat Yuldashevich – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi aviatexnigi

To‘ychiyev Olimjon Alijonovich – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi

Sharobidinov Biloliddin Baxtiyor o‘g‘li – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Ermanov Orzumurod Shomuradovich – “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining po‘lat eritish sexi ustasi

Yusupov Baxodir Baxtiyor o‘g‘li – “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Qashqadaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi

Yusufova Munira Yusufovna – Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

Yuldashev Akmalxodja Avazxodjayevich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” elektropoyezdi mashinisti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent shahri,

2013-yil 3-dekabr

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: