Notiqlik san’ati – inson tafakkuri gavhari

12 sentyabr kuni «Kitob olami» ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida «Ma’naviyat va muloqot mezonlari» mavzusida filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rahimboy Jumaniyozovning turkum kitoblari va multimedia mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda “Dil qulf – til kalit” (2015 yil, “O‘zbekiston” NMIU), “Ta’lim, tarbiya, tafakkur, taraqqiyot” (2015 yil, “Abu Matbuot-Konsalt”), “Muomala madaniyati” (2015 yil, “Ma’naviyat”), “Notiqlik san’ati” (2016 yil, “Lesson press”), “Ma’naviyat targ‘iboti” (2016 yil, “Lesson press”), “Toshkentdan gapiramiz” (2016 yil, “O‘zbekiston” NMIU) kitoblari, shuningdek “Siz notiq bo‘lishni istaysizmi?” (2017 yil) hamda “Vatan va xalq mangu qoladi” (2017 yil) multemedia mahsulotlari taqdim etildi.

Muallifning “Muomala madaniyati” risolasida muloqot va muomala madaniyatining tamoyillarini o‘zlashtirishda og‘zaki nutqning o‘rni haqida batafsil fikr yuritiladi. Muomala va nutqni bir-birisiz tasavvur etib bo‘lmasligi ravon bayon etiladi.

“Ta’lim, tarbiya, tafakkur, taraqqiyot” kitobida muallif o‘zi o‘qigan, ko‘rgan, bilgan va eshitgan voqea hamda hodisalarga donishmandona munosabat tarzida chizgilarni beradi.

“Notiqlik san’ati” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasida shaxs ma’naviyatida muomala madaniyati, targ‘ibot-tashviqot ishlarida, muloqot jarayonida nutq san’atining o‘rni, nutqning asosiy sifatlari, nutq va notiqlik haqida muallifning ayrim qaydlari o‘z ifodasini topgan.

“Ma’naviyat targ‘iboti” o‘quv-uslubiy qo‘llanmasida barcha sohalarda globallashuv va axborot xurujlari kuchayotgan qaltis, tahlikali damda ma’naviyat va ma’rifatni targ‘ib etish muammosi dolzarblik kasb etayotgani bayon qilinadi.

“Toshkentdan gapiramiz” asarida O‘zbekiston xalq artisti, sohir nafas Qodir Maqsumov hayoti va ijodidan lavhalar to‘liq aks etadi. Qahramonning o‘qish manerasi, matnga munosabat tarzi, ovoz imkoniyatlaridan nechog‘li foydalana olishi, hayot yo‘llari, ibratlari aniq misollar orqali ochib beriladi. Atoqli diktor Qodir Mahsumov haqida chuqur ma’lumotlar to‘planib, u haqda zamondoshlari va kasbdoshlari xotiralari, nutqining ravonligi, diksiyasining kuchliligi, o‘z kasbini sevib-ardoqlashi, til normalarini puxta bilishi, emotsional ta’sir kuchi ravon va sodda tilda yoziladi.

kitoblar015

R.Jumaniyozov uzoq yillik pedagog sifatida so‘nggi paytlarda multimedia materiallariga o‘sib borayotgan katta ehtiyojni hisobga olib, turli ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va badiiy materiallarni, she’rlarni audio variantini ham yaratgani e’tiborga molikdir.

Mazkur asarlar nafaqat tilshunoslar, talabalar va mutaxassislar, yosh teleboshlovchilar va jurnalistlar uchun, balki keng kitobxonlar uchun ham mo‘ljallangan.

Yana o‘qing:  Chorvoq atrofi axlatxonaga aylanib bormoqda

Tadbirda filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos Shuhrat Rizayev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent To‘lqin Eshbek, oliy toifali suxandonlar Dilsora Boboxonova, tarix fanlari nomzodi, dotsent Ne’matjon Polvonov ishtirok etdi.

Xurshida Husenova

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: