Nevrologiya: shifokorlar tajriba almashdi

Poytaxtimizda nevrologiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz olimlari va shifokorlari bilan bir qatorda AQSH, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Litva va boshqa davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanda jahon tibbiyoti va mamlakatimiz ilm-fani erishayotgan muhim yutuqlar, asab kasalliklariga tashxis qo‘yish va davolashning yangicha usullari, insult, Alsgeymer va Parkinson kasalligi, epilepsiya va boshqa neyrodegenerativ kasalliklarni davolashning zamonaviy texnologiyalariga oid ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasida mamlakatimiz olimlari va xorijlik mutaxassislar ishtirokida yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun nevrologiyaning dolzarb masalalari bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

V. PO‘LATOVA

Yana o‘qing:  SAN’AT YO’NALISHIDA YANA BIR FESTIVAL

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: