Namanganda insulin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Joriy yilning 19-23 mart kunlari Namangan viloyatidan tibbiyot sohasi, farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlar vakillaridan iborat delegatsiya Hindistonning MJ Group kompaniyasi rahbari Javshantal Shoh taklifi bilan Hindiston davlatida bo‘lib qaytdi.

Tashrif davomida sanoat, farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Hindistonning biznes vakillari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilib, qator memorandumlar imzolandi.

Jumladan, mutaxassislarimiz Puna shahrida insulin ishlab chiqaruvchi MJ Biotech PVT. Ltd, Taloja shahridagi MJ kompaniyasiga qarashli MJ Biopharm Pvt. Ltd dori ishlab chiqarish farmatsevtika zavodlariga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokaralar yakunida MJ kompaniyasidan janob Jashvantlal Shoh va Namangandagi “Kamol med farm” korxonasidan Abdumannop Xolmirzayevlar yil oxiriga qadar inbal usulida insulin va ayrim preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuv imzoladi.

Yana o‘qing:  Hududlarda jamoat transportida yo‘l haqini elektron tarzda to‘lash tizimi joriy etila boshladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: