Matematiklar anjumani

Samarqand davlat universitetida “Nochiziqli analiz va uning tatbiqlari” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Samarqand davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan birga AQSH, Germaniya, Italiya, Malayziya, Polsha, Rossiya, Fransiya, Qozog‘iston, Yaponiyadan mutaxassislar qatnashdi.

Mazkur anjuman yurtimizda fundamental va amaliy matematika bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yangi ilmiy natijalar va tendensiyalarni tahlil etish, bu borada xorijiy mamlakatlar olimlari bilan tajriba almashish hamda yangi metodlarni ishlab chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Konferensiyada mutaxassislar algebra va funksional analiz, oddiy differensial tenglamalar dinamik sistemalari, xususiy hosilali tenglamalar, matematik fizikaning nokorrekt masalalari, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, amaliy mexanika va uning tatbiqlari yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘balarga bo‘lingan holda ma’ruzalar tingladi. Ilmiy-texnik dasturlar doirasida mazkur yo‘nalishlarda bajarilayotgan 15 dan ortiq ilmiy loyiha natijalari muhokama etildi.

Aktam BERDANOV

Yana o‘qing:  “Kamolot-tur” yoshlar velomarafoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: