Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi: mintaqa jahon standartlaridan ortda qolmoqda

Vens FREDERIK,

professor (Germaniya):

– Saraton kasalliklarini davolashda skrining markazlarining ahamiyati katta. Germaniyada mazkur markazlar faoliyati sabab saraton xastaliklarini davolashda ijobiy natijalarga erishilgan.

Bugun mahalliy va xorijlik onkologlar, fizik-radiologlar bilan tajriba almashishga yaxshi imkoniyat yaratildi. Istagimiz hamkorlikni mustahkamlashdir. Shu maqsadda yurtingizga kelib, sohadagi imkoniyatlar bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldik. Bizning klinikada bemorlar zamonaviy uskunalar va ilg‘or taj­ribalar asosida davolanadi. Qolaversa markazimizda chiziqli tezlatgichlardan unumli foydalaniladi. Bunday imkoniyat faoliyatimizda muhim o‘rin tutadi. Bundan tashqari bemorlar bilan ishlashda internet orqali aloqalar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 5-7 oktyabr kunlari Toshkent viloyatining “Layner” tog‘-kurort majmuasida “Nur terapiyasining zamonaviy yutuqlari va uning Markaziy Osiyodagi istiqbollari” mavzuida Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan onkolog va fizik-radiologlar ishtirok etdi.

Anjumanda nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo davlatlarida saraton kasalliklarining oldini olish va uni davolash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyot muassasalarining zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganlik darajasi va bugungi kunda nur terapiyasining zamonaviy istiqbollari sarhisob qilindi.

Qayd etilganidek Markaziy Osiyo mamlakatlari saraton kasalligini davolashda nur terapiyasidan unumli foydalanish va bunda eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlanganlik, tibbiy xizmat ko‘rsatish va muolaja natijalari bo‘yicha jahon standartlaridan ortda qolmoqda. 70 milliondan ortiq aholiga ega mintaqada 15 ta zamonaviy chiziqli tezlatgich tibbiy uskunasi mavjud. Bugungi kunda bu texnikalarning bittasi o‘rtacha 5 million nafar fuqaroga to‘g‘ri kelayapti. Vaholanki, JSSTning me’yori bo‘yicha bitta chiziqli tezlatgich uskunasi 250 ming kishi uchun mo‘ljallangan. Hozirgi kunda Qozog‘istonda bu uskunalar 13 ta, O‘zbekistonda 2 tani tashkil etadi. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bunday nur terapiyasi uskunasiga ega emas. Mintaqada mazkur tibbiy texnikalarni ishlata oladigan kadrlar masalasini tayyorlash ham dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kongressda nur terapiyasi va zamonaviy tibbiy uskunalar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Saraton kasalliklarining oldini olish va davolash bo‘yicha amaliy natijalarga erishishda markazlashgan tizimni joriy qilish masalasi ilgari surildi.

Yana o‘qing:  Samarqandda Islom Karimov maqbara majmuasi ochildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: