Ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 12 iyunda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori asosida Toshkent viloyatida ham eng ulug‘, eng aziz bayramimizni munosib nishonlashga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Viloyatning shahar va tumanlarida bayramoldi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

«Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston!» shiori ostida Bekobodda o‘tgan shunday tadbirda ishtirok etganlarning asosiy qismini yoshlar tashkil etdi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, bir qator korxona va tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan mazkur tadbirda xalqimiz qo‘lga kiritayotgan ulkan yutuq va marralar, davlatimiz rahbari rahnamoligida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, viloyatda, xususan, Bekobod shahrida yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda shaharda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash, obodonchilik va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillarda bu yerda qator sport inshootlari, jumladan, yopiq suzish havzasi, «Yoshlik» sport majmuasi, «Metallurg» stadioni qurilib foydalanishga topshirildi. Joriy yilda «Yoshlar markazi» ishga tushirildi.

– «Yoshlar markazi»da barcha zarur shart-sharoit yaratilgan, – deydi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Bekobod shahar kengashi raisi Adham Niyozov. – Xususan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va turli uchrashuvlar o‘tkazishga mo‘ljallangan 308 o‘rinli zal barpo etilgan. Davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan bunday zamonaviy sharoit va keng imkoniyatlar biz, yoshlarni yanada faol bo‘lishga undaydi, ayni vaqtda zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi.

X. SALIMOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Xalqaro turnir yakunlandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: