Maktab bitiruvchilariga oltin va kumush medallari beriladi

Xalq ta’lim vazirligi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portaliga “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarini rag‘batlantirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Mazkur hujjat loyihasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga a’lo bilimi, namunali xulqi va faol jamoatchiligi uchun oltin va kumush medallarni ta’sis etish ko‘zda tutilgan.

Qaror loyihasida belgilanishicha oltin va kumush medallarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik to‘g‘risidagi a’lo darajali shahodatnomasi mavjud bo‘lgan, 10-11-sinflardagi barcha fanlar bo‘yicha oraliq, yakuniy nazoratlari hamda choraklik va yillik baholari a’lo, namunali xulqqa ega bo‘lgan va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.

Ushbu imtiyozga ega bo‘lgan o‘quvchiga respublikadagi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavr bosqichiga kirish sinovlarida to‘plagan umumiy baliga 50 foiz, kumush medalga ega bo‘lgan o‘quvchiga to‘plagan umumiy ballining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi. Oltin va kumush medallarga ega bo‘lgan o‘quvchilarga beriladigan imtiyoz bir yilgacha amal qiladi.

Ayni paytda Xalq ta’limi vazirligi keng jamoatchilikdan iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirishni ko‘zlab ishlab chiqilgan qaror loyihasi muhokamada.

 

Husniya SALIMOVA,

TATU talabasi

Yana o‘qing:  Iroda To‘laganova Farg‘onadagi turnirda kortga chiqdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: