Ko‘makka shay tayanch maktablari yurtimizning barcha hududlarida tashkil etiladi

Mamlakatimiz taraqqiyotning yangi bosqichida jamiyat hayotining barcha jabhasini izchil rivojlantirish, xalqimiz uchun munosib turmush sharoiti yaratishga yuksak e’tibor qaratilmoqda.

Albatta, bularga erishish uchun innovatsiyalarni amaliyotga keng tatbiq etish, professional ta’limni rivojlantirish, ilmiy ishlanmalar sifatini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim o‘rin tutadi.

Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 6 yanvardagi “Aniq, tabiiy, gumanitar va filologiya fanlaridan tayanch maktablarni tashkil etish haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Unga ko‘ra tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari bilan kelishilgan holda zamonaviy moddiy-texnika bazasiga ega, shijoatli, tadbirkor, tashabbuskor, iqtidorli rahbar boshqarayotgan, ijodiy, izlanuvchan, zamonaviy metodlardan foydalanayotgan jamoasi mavjud bo‘lgan ta’lim muassasalari orasidan “Aniq fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Gumanitar fanlar” va “Filologiya fanlari” bo‘yicha tayanch maktablari belgilandi.

Ushbu tayanch maktablar tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari pedagoglariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish, o‘quvchilarga qo‘shimcha ta’lim berishda asosiy metodik baza hisoblanadi. Ular joylardagi sharoitdan kelib chiqqan holda tuman (shahar)da bittadan, keyinchalik ehtiyojlardan kelib chiqqan holda bir nechta tashkil etiladi. Mazkur muassasalar o‘z faoliyatini viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari (universitet, institut) hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlari kafedralari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Tayanch maktablarining asosiy maqsadi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan fan o‘qituvchilarining o‘quv mashg‘ulotlarida fan yutuqlari, o‘qitishning zamonaviy metodlarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish yo‘llari bilan tanishtirish orqali ularning pedagogik mahoratini rivojlantirish, malakasini oshirish va o‘sib kelayotgan yosh avlodni fanlarni o‘rganishda qo‘shimcha ta’lim olish, ularga DTS talablari asosida bilim, ko‘nikma va malakalar berishni rivojlantirish, ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Tayanch maktablarida pedagoglarning muntazam metodik yordam olishlariga ko‘maklashiladi. Pedagoglarni qo‘shimcha metodik adabiyotlar, ko‘rgazmali qurollardan, multimedia vositalaridan samarali foydalanishiga xizmat ko‘rsatadi.

Tayanch maktab – tumanda o‘zining pedagogik salohiyati, moddiy-texnika negizi mustahkamligi, obodligi, ozodaligi va eng asosiysi, rahbarining izlanuvchanligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan ta’lim muassasasidir. Tayanch maktabining asosiy vazifasi unda faoliyat yuritayotgan ilg‘or, tajribali fan o‘qituvchisining ta’lim yangiliklarini mashg‘ulotga samarali tatbiq etishi, bilim, malaka va kasbiy mahorat yuzasidan tumandagi boshqa o‘qituvchilarga ibrat bo‘lishidir. Mazkur muassasalarda fan yo‘nalishlari bo‘yicha bir oyda ikki marotaba o‘quv-seminar va trening mashg‘ulotlari tashkil etish orqali o‘qituvchilarning uzluksiz malakasi oshirib boriladi, – deydi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xodimi Shavkat Xo‘jaqulov.

Har oyda ikki marta pedagoglarning metod kunlarida doimiy harakatdagi seminarlar o‘tkazadi. Seminar va “Mahorat darslari”da munozara, ochiq mashg‘ulotlar, ko‘rgazmalar orqali ilg‘or ish tajribalar ommalashtiriladi.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Maktabda ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, fanlarni o‘qitishning interaktiv, kommunikativ uslublarini qo‘llash orqali dars sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

 

Har bir tuman va shaharda 4 ta yo‘nalishda bittadan, jami 802 ta ta’lim muassasasi tayanch maktabi sifatida belgilab olindi.

 

Biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 haftada bir marotaba umumta’lim maktablari fan o‘qituvchilari uchun ularning metod kunlarida o‘quvlar o‘tkaziladi. Shu bilan birga ushbu tayanch maktablarida tumandagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari sovrindorlari, “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining tuman, viloyat va respublika bosqichi g‘oliblari hamda o‘tgan oyda malaka oshirgan ijodkor, izlanuvchan, tajribali o‘qituvchilar tomonidan o‘z hamkasblarining fan nazariyasi va metodikasiga oid bilimlarini mustahkamlash uchun “Mahorat darslari” o‘tkaziladi.

 

Navro‘z NORBOBOYEV

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: