Kollejda tadbir

Toshkent tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kollejida “Oila quvonchi – jamiyat tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar istiqlolning dastlabki yillaridanoq jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish hamda kelajak avlodni har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganligi haqida atroflicha so‘z yuritdilar.

Yig‘ilganlar ona va bola salomatligini kafolatlash uchun yurtimizda tibbiy xizmat sifati yangi bosqichga ko‘tarilgani, mamlakatimiz yetakchi tibbiyot markazlari mutaxassislari tomonidan fertil yoshidagi ayollar, bolalar, urush hamda mehnat faxriylari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani, erta hamda qarindoshlar o‘rtasidagi turmushning salbiy oqibatlari mavzuida o‘zaro fikr almashdilar.

O‘quvchilar “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalar to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Mahfuza JALILOVA,

Toshkent tijorat va tadbirkorlik kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Bolalar futboli: orzular ro‘yobi sari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: